Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, hafta davomida ob-havo biroz bulutli, ayrim joylarda oʻzgaruvchan boʻladi. Asosan yogʻingarchilik kutilmaydi. Biroq bugun kunduzi Toshkent viloyatida, haftaning ayrim kunlarida esa respublika hududining togʻli joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Shimoliy hududlar, choʻl zonalari hamda 14-avgust kuni respublika boʻyicha ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda esa chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor.

11–14-avgust kunlari poytaxtda ob-havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechalari havo harorati 23–26 daraja, kunduz kunlari 37–40 daraja, 12–13-avgustda esa 41 darajagacha isiydi.

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.