2026-yil 1-may kuni soat 11:00larda, Andijon shahar Univerisitet ko‘chasida haydovchi 1986-yil tug‘ilgan N.O. boshqaruvidagi “Alpomish merosi” MChJga qarashli bo‘lgan avtobus tormoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik tufayli yo‘l chetidagi daraxtga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositasi tehnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shaxar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.