Nizom banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi mazmuni va uni yangilashga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek tiklash rejasini Markaziy bankka taqdim etish va baholash tartibini belgilaydi.

Tiklash rejasi bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bank ichki audit xizmati esa yiliga kamida bir marta tiklash rejasining ishlab chiqilishi, yangilanishi va amalga oshirilishini mustaqil baholaydi.

Nizomga ko‘ra, tiklash rejasi quyidagi tarkibiy qismlarni qamrab oladi:

— tiklash rejasini boshqarishga oid ma’lumotlar;
— strategik tahlil;
— tiklash ko‘rsatkichlari;
— tiklash chora-tadbirlari;
— tiklash ssenariylari;
— tiklash rejasi doirasida kommunikatsiya qilish tartibi;
— tiklash rejasini amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik choralar.

Bank tiklash rejasini har yili, shuningdek uning tashkiliy tuzilmasi, faoliyati yoki moliyaviy ahvolida rejaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan sezilarli o‘zgarishlar yuz berganidan keyin yangilaydi.

Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.