Ayni paytda Shimoliy Amerikada oʻtayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgan yosh futbolchiga Angliya, Germaniya va Fransiya chempionatlari klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Maʼlum qilinishicha, guruh bosqichida Portugaliyaga qarshi uchrashuvni mazkur klublar skautlari stadionning oʻzida turib kuzatgan.
Hozircha transfer bozoridagi raqobat sabab qaysi klublar Behruz Karimovga qiziqish bildirmayotgani oshkor qilinmagan. Biroq uni kuzatgan mutaxassislar quyidagi chempionatlar vakillari ekani maʼlum:
- Angliya Premyer-ligasidan — 2 ta klub;
- Germaniya Bundesligasidan — 1 ta klub;
- Fransiya Liga 1 chempionatidan — 1 ta klub.
Behruz Karimov jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida oʻtkazilgan har ikki uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Futbolchining amaldagi klubi — Surxon. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, himoyachining bozor qiymati 350 ming yevroni tashkil etadi.