Buning uchun talabgor o‘z faoliyatini maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali vakolatli organga bepul xabar qilishi lozim.
Rejim amal qilgan 3 oy davomida talabgor muayyan faoliyatni litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirgani uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Ushbu muddat davomida talabgor faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqlashtirishi, tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda olishi yoki mazkur faoliyatni tugatishi kerak.
Shuningdek, qonun bilan maxfiy hujjatlarni 30 yil mobaynida saqlash belgilandi.
Shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlari ham aniqlashtirildi. Jumladan, 2019-yil 1-yanvargacha ish yurituvi yakunlangan hujjatlar idoraviy arxivlarda 75 yil, 2019-yil 1-yanvardan keyin shakllantirilgan hujjatlar esa 50 yil saqlanadi.