Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 nafar bolani «Matiz» rusumli engil avtomobilda olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Mas’ul idoralar ota-onalarni farzandlari xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka, bolalarni tashishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.