Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025-yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan. Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026-yil yanvar oyi boshida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish hamda Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli yurtdoshimiz mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.

O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mazkur fuqarolarning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.

Bundan tashqari diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan BAAdagi “Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish” jamg‘armasi imkoniyatlari homiyligida ushbu oila aʼzolari uchun 26-iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi taʼminlandi.