Maʼlum qilinishicha, ular tijorat banki filiali binosida oʻrnatilgan elektr hisoblagich notoʻgʻri sxema orqali tarmoqqa ulanganini va natijada elektr energiyasi xato hisoblanayotganligi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirgan.
Shundan soʻng, muhandislar elektr hisoblagichni oʻrnatgan MCHJ rahbaridan mazkur holat yuzasidan hisoblangan 400 mln soʻmlik jarimani 65 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilishgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida muhandislar soʻralgan pul mablagʻini uchinchi shaxs orqali olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.