“Tashqi ishlar vazirligi Eronning shafqatsiz va davom etayotgan ballistik raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlarini qattiq qoralaydi, ularning eng so‘nggisi bugun tongda sodir bo‘ldi va Kuvayt xalqaro aeroporti kabi yana fuqarolik nishonlariga qaratildi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi”, deyiladi bayonotda. Bir necha kishi ham jarohat oldi. Vazirlik hujum diplomatik vakolatxonalar kabi muhim infratuzilmaga zarar yetkazganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi xalqaro aeroportning T1 yo‘lovchi terminaliga Erondan uchirilgan dronlar va raketalar hujum qilgani haqida xabar bergan edi. Hodisadan so‘ng rasmiylar barcha reyslarni to‘xtatishdi va milliy aviakompaniya Kuwait Airways keyingi xabarnomagacha reyslarni bekor qildi. Chorshanba kuni tunda Kuvayt Mudofaa vazirligi mamlakat bo‘ylab havo hujumlarini qaytarganini e’lon qilgandi, deb xabar berdi tass.ru.