Uçraşuvda Urganç davlat universiteti va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning oliy taʼlim muassasalari örtasidagi ilmiy, akademik va innovatsion hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Erasmus+ dasturi doirasidagi xalqaro loyihalarda universitet iştirokini kengaytiriş, Yevropaning yetakçi oliy taʼlim muassasalari bilan qişloq xöjaligi, sunʼiy intellekt, yaşil energetika hamda ekologiya kabi ustuvor yönalişlarda yangi hamkorlik aloqalarini örnatiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toivo Klaar Urganç davlat universitetiga taşrifi doirasida rektor Feruza Madrahimova hamrohligida Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda elçi Erasmus+ dasturi, uning yoşlar uçun taqdim etayotgan xalqaro taʼlim imkoniyatlari, akademik almaşinuv dasturlari hamda Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Şuningdek, talabalarning xalqaro taʼlim dasturlarida iştirok etişi, xorijda bilim va tajriba orttirişi, ilmiy-akademik salohiyatini rivojlantiriş imkoniyatlari xususida fikr almaşildi.
Uçraşuvda talabalar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan elçiga bevosita murojaat qilib, tegişli maʼlumot va tavsiyalar oldilar.
Hamkorlik materiali