FVV maʼlumotiga koʻra, qutqaruvchilar «Sharq» mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Boʻzsuv kanali qirgʻoqlarida profilaktik oʻrganish ishlarini olib borayotgan vaqtda suvda harakatsiz holda oqib ketayotgan fuqaroni payqagan.
Shundan soʻng qutqaruvchilar zudlik bilan suvga tushib, fuqaroni qirgʻoqqa olib chiqqan.
Hushsiz holatda boʻlgan fuqaroga voqea joyining oʻzida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani maʼlum qilindi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli esa kuchli suv oqimi uni oqizib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni suv havzalari yaqinida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqirib, ehtiyotsizlik inson hayoti uchun jiddiy xavf tugʻdirishini eslatdi.