Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, loyiha doirasida yoshlar sunʼiy intellekt, prompt muhandisligi, dasturlash, narsalar interneti (IoT) va onlayn marketing kabi zamonaviy AT yoʻnalishlarida 4-yil davomida tizimli oʻqitiladi.
Shuningdek, 500 nafar IT mutaxassis va oʻqituvchilarning malakasi oshiriladi, koreyalik yetakchi ekspertlar ishtirokida startap inkubatsiya dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.
Infratuzilmani rivojlantirish doirasida 2026–2032-yillarda Nukus va Qarshi shaharlarida 2 ta zamonaviy IT-xab tashkil etiladi. Shu bilan birga, 7 ta tumanda 14 ta IT markaz qurilib, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanadi.
Mazkur loyiha taʼlim tizimini rivojlantirish, yoshlar bandligini oshirish, innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakatning raqamli kelajagini mustahkamlashga xizmat qiladi.