4 kun davom etgan mazkur forum doirasida yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan:

    • Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi;
    • «Xush kayfiyat» respublika yosh askiya va qiziqchilar ko‘rik-tanlovi;
    • «Yoshlik bahori» respublika yosh opera ijrochilari festivali;
    • «Folk party» folklor jamoalari respublika festivali;
    • «Yosh balet ijrochilari» respublika tanlovi;
    • yosh teatr rejissyorlari va aktyorlarining seminar-treningi;
    • yoshlar o‘rtasida samimiy do‘stona muhit yaratish, ularning muammolariga yechim topish hamda takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochiq muloqot uchrashuvlari;
    • «Yosh ommaviy bayramlar rejissyorlarining mahoratini oshirish va ularning faoliyatiga ko‘maklashish» mavzusidagi seminar-trening;
    • forum yo‘nalishlari doirasida ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari;
    • taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar;
    • «Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman;
    • «Sumalak sayli»;
    • yakuniy gala-kontsert va taqdirlash marosimi kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha poytaxtdagi «Turkiston» saroyida «Yoshlik bahori» iqtidorli ijodkor yoshlar forumining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov, taniqli madaniyat va sanʼat sohasi vakillari hamda forum ishtirokchilari qatnashdi.

Marosim avvalida taniqli sanʼatkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. So‘ng 1–4 aprel kunlari forum doirasidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar eʼlon qilinib, quyidagilar taqdirlandi:

Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi sovrindorlari:

1-o‘rin — G‘aybullaev Jasurbek Hasan o‘g‘li;
2-o‘rin — «Botir Zokirov davomchilari» estrada guruhi;
3-o‘rin — Sharofiddinova Laylo Avazbek qizi.

«Yosh balet ijrochilari» respublika tanlovi sovrindorlari:

1-yosh toifasi bo‘yicha (16–18 yosh):
1-o‘rin — Ardasheva Leyla Farruxovna;
1-o‘rin — Sadinov Amal Ravshanovich;
2-o‘rin — Muxitdinova Milana Rifatovna;
2-o‘rin — Teodorokapulo Nikoleta Valerevna;
3-o‘rin — Kistanova Milana Vladimirovna;
3-o‘rin — Allambergenov Begis Begimbayevich.

2-yosh toifasi bo‘yicha (19–22 yosh):
1-o‘rin — Kuchkarov Abdug‘appor Nodirjon o‘g‘li;
2-o‘rin — Trashkova Elizaveta Dmitrievna;
3-o‘rin — Asrorov Jahongir Abdujalil o‘g‘li;
3-o‘rin — Zivatdinova Shohida Shuhratovna.

«Tomoshabinlar eʼtirofi» nominatsiyasi g‘oliblari — Satbayev Shing‘is Rinat o‘g‘li va Ashrapova Safina Farxadovna.

«Yoshlik bahori» yosh opera ijrochilari festivali sovrindorlari:

«Eng yaxshi yosh ijrochi» — To‘xtaeva Oynoz Alisherovna;
«Eng yaxshi erkak ovozi» — Jumaev Suxrob Bahodir o‘g‘li;
«Eng yaxshi ayol ovozi» — Suyonova Bekzoda Ixtiyor qizi;
«Eng yaxshi jahon opera ijrochisi» — Kidirbaev Baxit Baxtiyor o‘g‘li;
«Eng yaxshi o‘zbek opera ijrochisi» — Ilyasov Rustam Fazilovich.

«Xush kayfiyat» respublika yosh askiya va qiziqchilar tanlovi sovrindorlari:

Askiya yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa mahorat maktabi askiyachilari;
2-o‘rin — Sirdaryo viloyati «Gulxanda» askiyachilar jamoasi;
3-o‘rin — Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi askiyachilari.

Qiziqchilik yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Boymurodov Shahzod;
2-o‘rin — Yusupov Nodir;
3-o‘rin — «Shahzod va Temur» dueti.

«M. Sheraev» nomidagi nominatsiya g‘olibi — Andijon viloyati «Askiyachi yigitlar» jamoasi;
«Eng yosh qiziqchi» — Mahammadjonov Azizbek Mirzabek o‘g‘li;
«Eng kreativ jamoa» — Uchtepa mahorat maktabi askiyachilari.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Filarmoniya yosh ijodkorlari» respublika ko‘rik-tanlovi:

1-o‘rin (baxshichilik) — Yusupov Bobur Shodlik o‘g‘li;
2-o‘rin (estrada) — Axatov Mirjalol Nusratillo o‘g‘li;
3-o‘rin (vokal) — Xolxo‘jaeva Dinora Nabijon qizi.

«Folk party» folklor jamoalari respublika festivali:

1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Suu serper» folklor jamoasi;
2-o‘rin — Xorazm viloyati «Xorazm» folklor jamoasi;
3-o‘rin — Samarqand viloyati «Chavqi» folklor-etnografik xalq jamoasi.

Eslatib o‘tamiz, «Yoshlik bahori» iqtidorli ijodkor yoshlar forumi ilk marotaba tashkil etildi.