E’tiborlisi, bellashuvlar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Madina Muxtorova F40 klassidagi disk uloqtirish dasturi bahslarida tarixiy natija muallifiga aylandi. Hamyurtimiz musobaqada 25.58 m natija qayd etib, raqiblarini ortda qoldirgan holda Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi!

Bunga qadar F40 klassidagi disk uloqtirish bahslarida eng yaxshi natija polshalik Renata Slivinskaga tegishli edi (25.19 m).

Shu tariqa, yosh va istiqbolli Madina Notvill Gran-prisini 2 ta oltin medal bilan nihoyasiga yetkazdi.