Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarori qabul qilindi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor boʻlmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan ragʻbatlantiriladi.
Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor boʻla olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
- Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy oʻquv yilida magistratura mutaxassisligi boʻyicha jami 195 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 22 ta yoʻnalishda tanlovning soʻnggi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 61 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar oʻtkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan gʻoliblar tavsiya etildi.