Bu «Jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarni ozodlikka tayyorlaş va ijtimoiylaşuvini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarorida (PQ–397-son, 2026-yil 16-noyabr) belgilangan.

Qarorga köra, 2027/2028 öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasi taşkil etiladi.

Şuningdek, 2030-yilga qadar mehnat bozorida talab yuqori bölgan kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy etiladi. Har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni zamonaviy va talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş rejalaştirilgan.

Mazkur çora-tadbirlar orqali mahkumlarni kasbga öqitiş va iş bilan taʼminlaş imkoniyatlarini kengaytiriş, takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.

«Yangi hayot» dasturi doirasida oliy taʼlimga kirgan mahkumlar masofaviy taʼlim şaklida tölov-kontrakt asosida öqişi mumkin böladi. Buning uçun jazoni ijro etiş koloniyalarida videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar ajratiladi.

Qarorda mahkumlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oşirişga qaratilgan çoralar ham nazarda tutilgan.

Jumladan, yoş mahkumlar orasidan saylov yöli bilan yoşlar faollari tanlanadi. Ular har çorakda bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida rağbatlantiriladi.

Bundan taşqari, barça koloniyalarda mahkumlar örtasida masofaviy şaklda «Yoş kitobxon» tanlovi taşkil etiladi. Koloniyalar kutubxonalarida esa «Mutolaa» platformasidan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.

Qarorda belgilangan çora-tadbirlar mahkumlarning kasbiy bilim va könikmalarini şakllantiriş, taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda ozodlikka çiqqandan keyin jamiyatga moslaşuvini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.