Qayd etilishicha, quyidagi holatlar fuqarolarning mulkiy manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda:

  • bank kartasidan mablag‘ echilgan bo‘lsa-da, bankomat tomonidan naqd pul berilmasligi yoki mablag‘larning uzoq muddat qaytarilmasligi;
  • muvaffaqiyatsiz operatsiyalar uchun xizmat haqlari va komissiyalar ushlab qolinishi;
  • karta bankomatda qolib ketgan holatlar yuziidan mijozlarga o‘z vaqtda va aniq ma’lumot berilmasligi;
  • mijozlarni turli bank va tashkilotlar o‘rtasida ortiqcha yo‘naltirish holatlari.

Shu munosabat bilan Markaziy bank bozor ishtirokchilariga qator tavsiya va talablarni bildirdi.

Jumladan:

  • bankomat bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha mijozlarga tushunarli va shaffof axborot taqdim etish;
  • naqd pul berilmasligi yoki karta ushlab qolinishi holatlarini ustuvor murojaat sifatida ko‘rib chiqish;
  • texnik xatoliklar tasdiqlangan taqdirda mablag‘larni imkoni qadarproaktivtarzda qaytarish;
  • to‘liq bajarilmagan operatsiyalar uchun undirilgan xizmat haqlarini avtomatik ravishda qaytarish;
  • muvaffaqiyatsiz operatsiyalarni tezkor qayta ishlashga qaratilgan texnologik yechimlarni keng joriy etish;
  • bankomatlarning uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash, eskirgan qurilmalarni bosqichma-bosqich yangilash vazifalari belgilandi.

Markaziy bank banklar va to‘lov tashkilotlarini bankomat xizmatlari sifatini oshirish hamda iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish bo‘yicha tezkor amaliy choralarni kuchaytirishga chaqirdi.