Unda Odil sudlov
akademiyasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, Milliy markaz xodimlari va
doktorantlari ishtirok etdi.
Tadbir ochilishida, O‘zbekiston Respublikasi Odil
sudlov akademiyasi o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik va normativ materiallarini
ishlab chiqishda, yangi avlod sudyalari va sud tizimi
xodimlari faoliyatida inson huquqlarini himoya qilishga oid fundamental,
amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishda, qonunchilik va huquqni
qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan xulosa va
tavsiyalar ishlab chiqishda yaqindan hamkorlikni amalga oshirish asosiy maqsad
hisoblanishi ta'kidlandi.
Odil sudlov akademiyasi
kurslarida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola
huquqlari», «Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid inson huquqlari bo‘yicha
xalqaro standartlar» o‘quv modullarini o‘qitish tizimini joriy etish, o‘quv
jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini,
masofaviy ta'limni, o‘qitish va treninglarning interfaol hamda
muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish kabi masalalar haqida ham so‘z yuritildi.
Memorandumni Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal
Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Odil
sudlov akademiyasi rektori Sherzod Abduqodirov imzoladilar.
Tadbir doirasida Vazirlar
Mahkamasining 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va
qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ham
o‘zaro fikr almashildi. Bu borada kutubxonalar faoliyatini yanada
rivojlantirish, ayniqsa, muhim ekaniga e'tibor qaratildi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi
kutubxonasi fondi uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi tomonidan nashr ettirilgan 190 dan ortiq huquqiy adabiyot va
qo‘llanmalar taqdim etildi.
Tadbirda O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori Murod Turg‘unov ishtirok etdi hamda so‘zga
chiqdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.