MY.SUD.UZ interaktiv xizmatlar portalida “Taqiqlangan kanallar” xizmati joriy etildi
Raqamlashtirish
27 sen 2026, 10:12
149
Mazkur xizmat orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘ida diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar haqida ma’lumot olish mumkin.
Xizmat orqali:
taqiqlangan manba va kanallarni izlash;
turli platformalar bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rish;
tegishli manba va kontentlar bilan tanishish;
taqiqlangan kanallar ro‘yxatini qulay shaklda ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud.
Xizmatdan foydalanish:
MY.SUD.UZ → Interaktiv xizmatlar → “Taqiqlangan kanallar”