Buning natijasida 25 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Yangi avtobuslar taqdimotida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, huquq-tartibot idoralari rahbarlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Tadbirda avtobuslarning texnik imkoniyatlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda ulardan shahar yo‘nalishlarida foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, Prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosi doirasida tadbirkorlar tomonidan Namangangа avvalroq 108 ta zamonaviy avtobus olib kelingan va 10 ta yo‘nalishda brutto shartnoma asosida qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, sentyabr oyida «Turon-95 MBI» MCHJ tomonidan 10 ta «Zhongtong» rusumli elektrobus olib kelinib, foydalanishga topshirilgan edi.
Yangi avtobuslar keltirilishi bilan Namanganda zamonaviy avtobuslar soni 130 taga yetdi.