– Oilasining baxtini köriş, halol mehnat qilib, orzulariga yetiş, umrini mazmunli ötkaziş uçun odamga, avvalo, soğliq kerak. Şu bois, inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilaganmiz, – dedi Prezidentimiz.

Sönggi ön yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşdi, 58 ming şifo örni yaratildi. Zamonaviy şifoxonalar köpayib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşdi.

Ilgari çet elda amalga oşirilgan tuğma yurak nuqsonlari, aʼzolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va boş miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda.

Prezidentimiz bu natijalarda tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvçi örin tutayotganini qayd etdi.