Bu bo‘yicha Prezidentning “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–123-son, 03.04.2026 y.)da belgilangan.
Ma’lumot uchun: PF–5706-son Farmon asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi (Akademiya) tashkil etilgan.
Qarorga ko‘ra, Akademiyaning yagona ta’lim kampusida quyidagilar tashkil etiladi:
- Akademiya huzuridagi Qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi;
- Xorijiy kadrlarni tayyorlash fakulteti.
Akademiyada 2 bosqichli oliy ta’lim tizimida yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni quyidagi shakllarda yo‘lga qo‘yish:
- harbiy ta’lim yo‘nalishlarida kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti, umumfuqaroviy ta’lim yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida bakalavrlar tayyorlash;
- favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar uchun harbiy va umumfuqaroviy mutaxassisliklarida to‘lov-kontrakt, kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida magistrlar tayyorlash.
- Akademiyada 2027/2028 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida “2+2” ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi.