"Norvegiyaning O‘zbekistonidagi Elchisi etib tayinlangan Helen Sand Andressen xonimning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, — deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining telegramdagi sahifasida. — Biz O‘zbekiston va Norvegiya aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rmoqdamiz".

Vazir elchi xonimga faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni ishga solishda muvaffaqiyatlar tiladi.