Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Kambodja, Pokiston, Rossiya, Belarus, Meksika, Gana, Bruney, Myanma hamda boshqa bir qator davlatlar parlamentlari aʼzolari dunyoda tinchlikni mustahkamlash, parlament diplomatiyasi va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Senator oʻz maʼruzasida parlament diplomatiyasida Oʻzbekiston oʻziga xos milliy tajribaga ega ekanligini, Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va amaliy hamkorlik muhiti sezilarli darajada mustahkamlanganini, murakkab masalalarni muzokaralar orqali hal etish amaliyotiga alohida urgʻu berilayotganini taʼkidladi.
Tadbir doirasida Kambodja qiroli Norodom Siamoni Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Rossiya, Belarus, Vyetnam parlamentlari vakillari bilan parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Oʻzbekiston parlamenti aʼzolari Kambodja milliy brendi ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar koʻrgazmasida ham ishtirok etdi.