Suhbat davomida davlatlar o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Baxtiyor Saidov elchi xonimga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekiston–Shveysariya munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.