Barselonadagi Global sog‘liqni saqlash instituti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. Natijalar International Journal of Behavioral Nutrition and Physical Activity (IJBNPA) jurnalida e’lon qilingan, deb yozadi Lenta. ru.

Olimlar tadqiqotda ishtirok etgan 40–65 yoshdagi yetti mingdan ziyod kishiga oid ma’lumotlar tahlildan o‘tkazildi. Besh yil davomida ular vaznidagi o‘zgarishlar ham kuzatib borildi. Natijalarga ko‘ra, kechki ovqatni boshqalarga nisbatan ertaroq, nonushtani esa kunning birinchi yarmida yeydigan, ular oralig‘ida esa umuman hech narsa tanovul qilmaydigan vazni o‘rtachadan past bo‘ladi.

Mualliflar buni organizmning ichki biologik soati — sirkad ritmlarining ishlashi bilan izohlaydi. Kunning birinchi yarmida ovqatlanish  moddalar almashinuvining tabiiy jarayonlariga yaxshiroq mos keladi, bu esa kaloriyalarni samaraliroq sarflashga va ishtahani nazorat qilishga yordam berishi mumkin. Aksincha, kech nonushta qilish va tez-tez tamaddi qilish yuqori tana vazni indeksi bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, nonushtani o‘tkazib yuborish bunaqa ta’sir ko‘rsatmaydi: ertalabki ovqatdan voz kechish orqali ataylab och qoladigan odamlarda vaznning sezilarli darajada kamayishi kuzatilmagan. Bunda nafaqat ovqat tarkibi, balki ovqatlanish vaqti ham muhim rolь o‘ynaydi, biroq har ikki omilning ozish yoki semirishga qanchalik bog‘liqlik sababini tasdiqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.