Reyd tadbirlari davomida belgilanmagan joylarga noqonuniy chiqindi tashlash holatlari aniqlandi. Xususan, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Zangiota va Qibray tumanlaridagi nazorat reyd tadbirlari davomida 23 nafar fuqaro o‘z boshqaruvida bo‘lgan transport vositasi yordamida belgilanmagan joyga noqonuniy tarzda qurilish chiqindilarini tashlagan.
Shuningdek, Toshkent shahrining Yangihayot tumani hududida 5 nafar, Yunusobod tumani hududida 2 nafar hamda Sirg‘ali tumanida 11 nafar tomonidan ham xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etilgan. Shu bilan birga, 1 nafar haydovchi belgilanmagan joyga chiqindi tashlash qoidalarini bir yil davomida ikkinchi marta sodir etganligi ma'lum bo‘ldi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan transport vositalarini musodara qilish va huquqbuzarlarga tegishli chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.