Bu «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun (1169-son, 2026 yil 19 avgust) bilan belgilandi.
Qonunga koʻra, Markaz hududida innovatsiyalarni, xizmatlar va mahsulotlarni yaratish, sinovdan oʻtkazish hamda joriy etish uchun «Tartibga solish qumdoni» rejimi amal qiladi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalarga investitsiyalarni jalb etish va eksport faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati uchun maxsus shartlar belgilanadi.
Maxsus huquqiy rejim fuqarolik, korporativ va tijorat huquqi, fuqarolik va iqtisodiy protsess, bojxona va soliq, mehnat, moliya va bank faoliyati, valyuta operatsiyalari, maʼlumotlarni himoya qilish, davlat xizmatlari hamda intellektual mulkni muhofaza qilish sohalariga tatbiq etiladi.
Mazkur maxsus huquqiy rejim 2100 yilgacha amal qiladi. U Prezident tomonidan belgilangan chegaralar doirasidagi Markaz hududida joriy etiladi.
Shuningdek, Markaz organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar uning hududida barchasi uchun majburiy boʻlgan huquqiy normalarni belgilashi, oʻzgartirishi yoki bekor qilishi mumkin.