Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar qoldirdi.

Taʼkidlanishicha, Toyloq tumanidagi barcha mahallalar aholisi toza ichimlik suvidan bahramand boʻla olishi uchun suv tarmoqlari qanday rekonstruksiya qilinayotgani va yangilanayotganini koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, Urgut tumanida ham boʻlib, qurilayotgan va yangilanib, kengaytirilayotgan turar joylar, tibbiyot muassasalari, maktab va bogʻchalar bilan tanishildi.

"Fermerlar oilasi – Haydarovlar xonadonida mehmon boʻldik. Ularning tajribasini, shubhasiz, keng ommalashtirsa arziydi.

Prezidentimiz topshirigʻiga koʻra tubdan qayta qurilgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasiga ham bordik. Bu yerdagi 16 ta qishloqning ayollariga xizmat koʻrsatayotgan tugʻruq boʻlimi eng zamonaviy talablarga javob beradi.

Kuni kecha ushbu dargohda birinchi chaqaloq – Shavkatjon dunyoga keldi. Men buni boshlagan barcha ishlarimizning xayrli ekaniga bir ishora, deb bildim.

Ona-bolaga mustahkam sogʻlik tilaymiz. Yangi mehmonning tolei baland boʻlsin!" deb yozadi Saida Mirziyoyeva.