Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, shu maqsadda qator yirik meʼmoriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilgan.

«Birgalikda yechim topishimiz kerak boʻlgan masalalar talaygina — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv taʼminoti muammolarigacha. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qoʻshimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zoʻriqtirmasligi kerak», — deydi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, oldinda turgan maqsadlar ulkan. Toshkentni har bir yurtdosh va shahar mehmonlari uchun yanada qulay, koʻrkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida boʻlgan biznes vakillariga koʻmaklashish maqsad qilingan.

«Aynan shunday yondashuv Yangi Oʻzbekiston siyosatiga toʻla mos keladi. Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomondan qoʻllab-quvvatlash — Prezidentimiz tomonidan zim-mamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir», — deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.