Joriy yilning 27-aprel kuni soat 17:50larda Denov shahri “Bog‘ishamol” mahallasi hududida joylashgan avtotransport yuvish shoxobchasi oldida, 1970 y.t. A.U. hamda uning farzandi 1994 y.t. A.A.ni, pul oldi-berdi masalasida oldindan o‘zaro ziddiyatda bo‘lgan jiyani 1989-y.t. Q.Sh. hamda uning sheriklari 1996-y.t. T.Sh., 1997-y.t. X.Sh. hamda 1996-y.t. T.Sh.lar urib, tan jarohati yetkazib, so‘ng "Jentra" avtomashinasiga o‘tkazib voqea joyidan olib ketishgan.

Shu kuni Denov tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan jabrlanuvchi A.A. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 28-aprel kuni vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “k,ye” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib to‘rt nafar ishtirokchilar protsessual tartibda qamoqqa olingan.