Danidin shahrini qalin qor qopladi, Kraystcherch shahridagi Port-Hills tog‘ tizmasi ham oq qorga burkandi. Sovuq havo, qor aralash yomg‘ir, do‘l va kuchli sovuq shamol kuzatilmoqda.

Vellington va mamlakatning yana bir qator hududlarida ham havo keskin sovib, noqulay ob-havo sharoiti yuzaga keldi, deb xabar berdi Kazinform.

Yangi Zelandiya meteorologiya xizmati tunda havo harorati yanada pasayishidan ogohlantirdi. Bu esa kuchli sovuq tushishi va yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishi xavfini oshiradi.

Avvalroq "El-Nino" hodisasi 2026-yil avgust–oktabr oylarida kuchayishi, bu esa dunyoning ko‘plab hududlarida havo haroratining me’yordan yuqori bo‘lishi va yog‘ingarchilik tartibining sezilarli darajada o‘zgarishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.