“Universal elektrotexnik servis” MCHJ tomonidan xarid qilingan “Zongtong” rusumli avtobuslar shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshladi.
Yangi avtobuslar shahardagi quyidagi yoʻnalishlarda harakatlanadi:
- SHI-1-sonli yoʻnalish: Temir yoʻl vokzali – Pattakesar mahallasi;
- SHI-5-sonli yoʻnalish: Istiqlol maydoni – “Taxta” bozori – Manguzar masjidi – Temir yoʻl vokzali – Istiqlol maydoni (aylanma yoʻnalish).
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etib, yangi avtobuslar aholiga qulay va sifatli transport xizmatlari koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Yangi avtobuslarning yoʻnalishga chiqarilishi Termiz shahrida jamoat transporti xizmatlarini yanada takomillashtirish va yoʻlovchilar uchun qulayliklarni oshirishga qaratilgan.