Maʼlum qilishicha, Sergeli tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. ushlandi.

U goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.O.ga AQSHga borishi uchun “biznes” vizasini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 75 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shuningdek, Departamentning Xatirchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “T.L.” MCHJ rahbari F.Sh. ham ushlandi. U fuqaro J.B.ni Bolgariyaga ishga joylashtirib berishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga tushgan.

Har ikki holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.