Mazkur tuman hokimligining xatti-harakatlaridan norozilik bildirib, «Matbuot tarqatuvchi» AJ Biznes-ombudsmanga murojaat yo‘llanadi.
Biznes-ombudsmanning matbuot xizmati holat o‘rganilganini, joriy yil 21 fevral kuni bo‘lgani hokim o‘rinbosari «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati chiqishida joylashgan matbuot kioskasini hech qanday hujjatlarsiz olib tashlagani aniqlanganini ma’lum qildi.
Qonunchilikka ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan xususiy mulkni noqonuniy cheklash yoki olib qo‘yish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan hokim o‘rinbosariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-1-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Unga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.