Uchrashuvda 9-iyulda muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan Prezident saylovi jarayonlari qizgʻin muhokama etildi. Oʻz navbatida, Eva Ernst-Dzedzich mamlakatimizda Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtganini qayd etib, ovoz berish kuni u Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida boʻlganini, saylovchilarning koʻpligini, ularning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi.
D. Tashmuxamedova Eva Ernst-Dzedzichga Oʻzbekistonda Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda oʻzaro hurmat va doʻstlikka asoslangan Oʻzbekiston-Avstriya munosabatlari ijobiy dinamika namoyon etayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, taʼlim, iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalariga ham eʼtibor qaratdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Xalqaro kuzatuvchi saylovchilarning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi
Joriy yil 10-iyulda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari D. Tashmuxamedova Avstriya Parlamenti Milliy kengashi deputati, “Avstriya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi Eva Ernst-Dzedzich bilan uchrashdi.
“Narpay tajribasi” barcha tuman uchun dasturulamal boʻladi
- Qamchiq dovonida jarohatlangan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi
- Andijonda ikkita avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi
- Uchinchi renessans poydevori aynan maktablarda qoʻyiladi
- Avlodlarga yelka tutgan akademik
- Gebreyesus: Hantavirus tarqalishi kuzatilgan kemadan yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlandi
Prezidentimiz Bogʻimaydon mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
- Davlatimiz rahbari Quvada joriy etilgan agrovoltaika texnologiyasi bilan tanishdi
- Oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilgani ochiqlandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi
- Oʻzbekiston Prezidenti va Chexiya Bosh vaziri birgalikda daraxt ekdilar
- Sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sohasidagi vazifalar koʻrib chiqildi