Bu Oʻzbekiston Prezidentining 2026 yil 3 avgustdagi «Xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga koʻra, ayrim vazirlik va idoralar balansida boʻlgan maxsus obyektlar — yer uchastkalari va ulardagi xavfli chiqindilar, shuningdek, ekologik qayta tiklash uchun rejalashtirilgan mablagʻlar bilan birgalikda belgilangan tartibda bepul asosda Chiqindilarni boshqarish va aylana iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tasarrufiga oʻtkaziladi.
Shuningdek, agentlik tasarrufidagi sobiq uran konlari, yaʼni uran merosi obyektlari, hamda xavfli sanoat chiqindilarini saqlash obyektlari joylashgan yer uchastkalari soliq solinmaydigan yer uchastkalari toifasiga kiritiladi.
Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar xavfli chiqindilarni samarali boshqarish, ularning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan.