Xitoy janubiy qismidagi Xunan viloyatidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy favqulodda xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in Xenyan shahrining markaziy Yanfen tumanidagi ko‘p qavatli uyda tunda sodir bo‘lgan. Yong‘in sababi hali aniqlanmadi.
Yong‘in favqulodda xizmatlar tomonidan o‘chirildi. Besh kishi halok bo‘ldi va ikki kishi jarohat oldi.
Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda, deb xabar berdi aa.com.tr.