Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni birgalikda yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Taʼkidlanishicha, mazkur kompaniya jahon elektromobillar bozorida faol kengayib, barqaror o‘sishni namoyon etmoqda.
Uchrashuvda asosiy eʼtibor ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratildi. Xususan, tayyor mahsulot tarkibida mahalliy butlovchi qismlar ulushini bosqichma-bosqich ko‘paytirish orqali sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va mamlakat ichida qo‘shimcha qiymat yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Loyihaning rivojlanish strategiyasi ichki bozorni zamonaviy elektromobillar bilan taʼminlash, shuningdek eksport salohiyatidan samarali foydalnib, xalqaro bozorlarga chiqishni ham nazarda tutadi.
Muzokaralar yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va loyihani amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.