Tabiiy ofat mintaqa 16 ta uyezdida 1,65 milliondan ortiq aholiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu ma’lumotlar 21 avgustda Nannin va Guygan shaharlarida favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ma’lum qilindi.

Nannin hokimiyati shahar infratuzilmasi va aholining normal hayotini 6-12 oy ichida tiklashni rejalashtirgan. Guyganda esa uy-joylarni ta’mirlash, ishlab chiqarishni qayta tiklash va suv omborlarini mustahkamlash ustuvor vazifalar etib belgilangan.

Iyul oyi boshida tayfun mintaqaga g‘ayrioddiy darajada uzoq davom etgan kuchli yomg‘irni yuzaga keltirdi, yirik ofatlarni, jumladan, Lyulan va Yunbyao suv omborlaridagi dambalarning buzilishiga olib keldi, deb xabar berdi Kazinform.