Inshoot Anxoy viloyatining Xefey shahrida joylashgan Chuqur koinotni tadqiq etish ilmiy-texnologik shaharchasining birinchi bosqichi hududida barpo etiladi. Laboratoriya faoliyatining bir qismini Chuqur koinotni tadqiq etish laboratoriyasi (DSEL) amalga oshiradi.
Laboratoriyada Marsdan keltiriladigan namunalar hamda Yer biosferasining xavfsizligini ta’minlaydigan ikki tomonlama himoya tizimi joriy etiladi.
Uning asosiy vazifalariga namunalarni zararsizlantirish, konteynerlarni ochish, tuproqni qayta ishlash va biologik xavf-xatarlarni baholash kiradi.
DSEL rivojlanish strategiyasi departamenti direktori Li Xanning aytishicha, Xitoy Yerdagi mikroorganizmlarning Marsga tarqalishining oldini olish hamda Yerni ehtimoliy sayyoradan tashqari hayot shakllaridan himoya qilish maqsadida Koinot tadqiqotlari bo‘yicha qo‘mitaning sayyoraviy himoya qoidalariga amal qiladi.
"Tyanven-3" missiyasi doirasida koinot apparatini uchirish taxminan 2028-yilga rejalashtirilgan. Mars tuprog‘i namunalarini yig‘ish va ularni Yerga yetkazish esa 2031-yilda amalga oshirilishi kutilmoqda, deb xabar berdi Kazinform.