Bu haqda Xorvatiya radio va televideniyesi (HRT) xabar berdi.
Zagrebdan taxminan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan Sveti-Ivan-Jabno munitsipalitetida yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashib ketgan. Hodisa joyiga barcha favqulodda xizmatlar yetib kelgan. Hozircha to‘qnashuv sababi aniqlanmoqda.
Xorvatiya Shoshilinch tibbiy yordam instituti ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 24 kishi jabrlangan va ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 12 kishini davolash shifoxonalarda davom ettirilmoqda, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda.
Xorvatiya transport vaziri va bosh vazir o‘rinbosari Oleg Butkovichning ta’kidlashicha, halokat yaqinda qurilgan va ta’mirlangan temiryo‘l tarmog‘ida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi elektr poyezdi ham yaqinda foydalanishga topshirilgan. Shu munosabat bilan u texnik nosozlikni halokat sabablaridan biri ekanini istisno qilgan, deb xabar berdi report.az.
"Afsuski, inson omili har doim mavjud. Biroq tergov yakunlarini kutib turaylik, shundan so‘ng harakatga kirishamiz", dedi u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, tergov ishlari yakunlanganidan so‘ng poyezdlar harakati qayta tiklanadi.