Bunda tadqiqotchilar bunday shakldagi yog‘ingarchilik ko‘payishi an’anaviy tus olayotganiga urg‘u bergan. Mazkul  holat esa  suv resurslarini boshqarish va infratuzilma barqarorligini taʼminlashga boʻlgan yondashuvlarni tubdan oʻzgartirishi mumkin.

Soʻnggi oʻn yilliklardagi kuzatuvlar natijasi sayyoramizning koʻplab hududlarida kuchli jalalar tez-tez boʻlayotganini koʻrsatmoqda. Iqlim oʻzgarishi modellari bunday holat ayniqsa global isish jaryonida yanada kuchayishini koʻrsatadi.

Asosiy muammo yogʻingarchilikning kam-koʻpligida emas,  notekisligida. Agar moʻtadil, bir tekis yomgʻirlar tuproqda nam toʻplanishiga, qishloq xoʻjaligi ekinlarining barqaror oʻsishi va suv omborlari toʻlilishiga yordam bersa, jalalar, aksincha, drenaj tizimlarini ortiqcha yuklaydi, suv toshqinlarini keltirib chiqaradi va yogʻingarchiliklar oraligʻida uzoq muddatli qurgʻoqchilikka olib keladi.

Olmlar kuzatuv natijalariga koʻra bu borada quyidagi mintaqalar zaif hududlar sirasiga  Afrikadagi Saxara choʻli va undan janubdagi unumdor yerlarga oʻtish oraligʻi, janubi-sharqiy Osiyo, Avstraliya shimoliy qismi, Amazonka daryosi boʻylari kirishi mumkin.

Yer iqlim harorati meʼyordan  40 S oshib ketsa ekstremal yogʻingarchilik 15-20 %ga koʻpayishi ehtimoli ortadi. Ayni paytda qator mintaqalarda bu koʻrsatkichlar  iqlim modellari bashoratlaridan ham oshib borayotir. Bunda sugʻorish toʻliq tabiiy yomgʻirlarga tayanadigan lalmi yerlarga alohida tahdid kuchayadi. Olimlar hisob-kitobalariga qaraganda iqlim harorati 30 S ga oshsa,  ekin ekiladigan lalmi yerlarning yarmi, 4 daraja oshganda deyarli toʻliq  ekstremal   yogʻingarchilikka duch keladi.

Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadagi past darajada daromad oladigan mintaqalar nisbatan zaif hududlar boʻlib qolaveradi Bu yerlarda yogʻingarchilik xususiyati oʻzgarishi hosildorlik keskin kamayib ketishiga, infrastruktura buzilishi va iqtisodiy barqarorlik kuchayishiga olib kelishi mumkin.  

Jala yogʻishi kuchayishi global iqlim oʻzgarishining asosiy sabablarlaridan biriga aylanadi. Qishloq xoʻjaligi va shahar infratuzilmasi suv taʼminoti tizimi oʻzgarib ketishi bundan ham ogʻir holatni keltirib chiqarish ehtimoli katta.