Özbekiston şaxmati tarixida ilk bor vakilimiz klassik şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun keçadigan bahsda iştirok etadi. Bu nafaqat Javohir Sindarovning şaxsiy faoliyatidagi muhim bosqiç, balki mamlakatimiz şaxmati uçun ham tarixiy voqeadir.

Hindistonning Hindustan Times naşri 13-noyabr kuni eʼlon qilgan maqolada amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju Javohir Sindarov haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşgan.

Naşr maʼlumotiga köra, Gukeş Vişvanatan Anand va ÇessBase India asosçisi Sagar Şoh bilan suhbatda özbekistonlik şaxmatçining öyinga munosabati, erkinligi va şaxsiy qiziqişlariga alohida töxtalgan.

«Sindarovdan örgangan jihatlarimdan biri — uning şaxmat öynayotganda va köplab qiziqarli işlar bilan şuğullanayotganda naqadar xursand bölişidir. Menimça, bu menga ham ilhom beradi», — degan Gukeş.

Uning bu fikrlari bölajak raqibiga nisbatan hurmatini ham namoyon etadi. Yuqori darajadagi professional şaxmatda natija uçun kuraşiş bilan birga, öyindan zavq oliş va ruhiy muvozanatni saqlaş ham muhim ahamiyatga ega.

Gukeş ikki grossmeysterning kuçli va zaif tomonlari bir-biriga öxşaş ekanini ham taʼkidlagan. Uning fikriça, hal qiluvçi bahsda kim özini yaxşiroq holatda saqlay olişi, bosimni qay darajada boşqarişi va kerakli paytda imkoniyatlaridan foydalana olişi katta ahamiyat kasb etadi.

Amaldagi jahon çempioni özining muhim ustunliklaridan biri sifatida bunday bellaşuvlardagi tajribasini körsatgan. U 2023-yil boşidan buyon yuqori darajadagi şaxmat musobaqalarida muntazam iştirok etib kelayotgani va avvalgi jahon çempionligi matçining 18 kunlik murakkab jarayonini boşdan keçirgani unga yordam berişini aytgan.

Maqolada Sindarovning şaxmatdan taşqari qiziqişlari, jumladan, kompyuter öyinlariga bölgan iştiyoqi ham tilga olingan. Gukeşni özbekistonlik şaxmatçining professional faoliyat bilan şaxsiy qiziqişlarini uyğunlaştira olişi ham hayratlantirgan.

Bölajak bahsda bir tomonda jahon çempionligi tajribasiga ega Gukeş, ikkinçi tomonda esa öz öyin uslubi va natijalari bilan xalqaro şaxmat maydonida eʼtibor qozongan Javohir Sindarov böladi.

Mazkur töqnaşuvda şaxmat mahorati bilan bir qatorda tajriba, ruhiy barqarorlik va hal qiluvçi vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş qobiliyati ham muhim örin tutadi.