Bu haqida Press TV xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kolonna tarkibida dori-darmon va tibbiy vositalar ortilgan 15 ta yuk mashinasi mavjud boʻlib, gumanitar yuklar Eron Qizil Yarim Oy jamiyatiga topshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida ham Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tomonidan Eron Islom Respublikasi aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborilgan edi. Unda un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yogʻi, konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar joʻnatilgan.