Oʻyin oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, unda bahsni tashkil etish bilan bogʻliq bir qator masalalar muhokama qilindi hamda zarur tushuntirish va eslatmalar berildi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston milliy jamoasi futbolchilari uchrashuvda toʻliq koʻk libosda harakat qilishi belgilandi. Darvozabon esa yashil rangli libosda maydonga tushadi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilayotgan bahs AQShning Nyu-York shahridagi “Icahn” stadionida boʻlib oʻtadi.