Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, hududlarda oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlari aniqlanmoqda.
Jumladan, hisobot davrida jami 2 107 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Ulardan 322 tasi boʻyicha maʼmuriy choralar qoʻllanilib, jarimalar undirilgan. Qolgan 1 785 holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq chora koʻrish jarayonlari davom etmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda respublika boʻylab qariyb 700 ta onlayn kuzatuv kamerasi oʻrnatilgan. Ushbu tizim orqali nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik qoidabuzarliklarni ham aniqlash imkoniyati mavjud.