Sinoptiklar maʼlumotiga ko‘ra, 2–4 iyun kunlari respublika bo‘ylab harorat asta-sekin pasayib, 28–33 daraja, janubda 34–37 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
5 iyun kuni
esa asosan quruq ob-havo saqlanib, faqat Fargʻona vodiysining ayrim joylarida
qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol
tezligi sekundiga 7–12 metr, baʼzi joylarda 15–20 metrgacha
kuchayishi, ayrim hududlarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.
Togʻ oldi va
togʻli hududlarda 1–5 iyun kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi,
momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan sel-suv toshqinlari yuzaga
kelishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida 1 iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Keyingi kunlarda harorat asta-sekin pasayib, 29–31 darajagacha tushadi. 5 iyun kuni esa yogʻingarchilik kutilmayapti.