Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi .
Maʼlum qilinishicha, Prezident topshirigʻiga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan hamda sel-suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Afgʻoniston aholisini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan gumanitar yuk Balh viloyatiga yetkazildi.
Insonparvarlik yuki Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Balx viloyati rahbariyati va
ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi
Gumanitar yordam tarkibidan un, guruch, shakar,
makaron va qandolat mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, noʻxat hamda tez tayyorlanadigan
oziq-ovqat mahsulotlari oʻrin olgan.
Afgʻoniston rasmiylari koʻrsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yoʻlladi.