Ish doimiy boʻlib, mehnat jarayoni Yevropa Ittifoqining Mobility Package talablariga muvofiq taxograf orqali hisobga olinadi.

Haydovchilarga soliqlardan keyin oyiga 3150 yevro ish haqi toʻlanadi. Shuningdek, oyiga taxminan 200 yevro miqdorida bonus beriladi. 3 oylik sinov muddati davomida ham toʻliq maosh toʻlanishi belgilangan.

Nomzodlardan CE toifali haydovchilik guvohnomasi, professional haydovchilik uchun tibbiy koʻrikdan oʻtganlik talab etiladi. 21–45 yoshdagi erkak va ayollar nomzod sifatida qatnashishi mumkin. Yevropada kamida 6 oylik haydovchilik tajribasini tasdiqlovchi hujjatga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

Shuningdek, rus va ingliz tillarini muloqot darajasida bilish talab etiladi.

Kompaniya tomonidan ish vizasi va uni rasmiylashtirish, aviachipta, aeroportdan turar joyga transfer, ishlash ruxsatnomasi, yotoqxona, ishga qatnov va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Ovqatlanish va oʻqish xarajatlari esa xodimning oʻzi hisobidan amalga oshiriladi.

Nomzodlarni roʻyxatga olish 15–20-avgust kunlari oʻtkaziladi. Ish beruvchi ishtirokidagi tanlov 24–30-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Tanlov jarayonida yuzma-yuz suhbat, nazariy savollar hamda yuk avtomobilida avtomaydonda amaliy imtihon oʻtkaziladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71 202 33 55 (545).